/ .2023
O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston-Polsha hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Siyosiy muloqotni, xususan, tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash orqali yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Polshaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomon ham tayyorligi tasdiqlandi. Kimyo, to‘qimachilik sanoati hamda qishloq xo‘jaligiga oid investitsiya salohiyati va istiqbolli loyihalari takliflari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, ikki mamlakat ilmiy va taʼlim muassasalari oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Shuningdek, tomonlar turizm sohasida sheriklikni rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish, mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.
https://mfa.uz/34680
Ko’chirib olish
kaynak:https://mfa.uz/uz/press/news/2023/ozbekiston-va-polsha-tashqi-ishlar-vazirliklari-ortasidagi-siyosiy-maslahatlashuvlar-bolib-otdi—34680